AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xodim izlamoqda
eʼlon qilindi
Oylik maosh $934
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi budjet tahlilchisi/hisobchi vakansiyasi uchun ochiq tanlov e’lon qildi. Bu haqda elchixona Telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, lavozim uchun ariza qoldirgan barcha malakali nomzodlar arizalari ko‘rib chiqiladi.
Oylik maosh $934 (har ikki haftada beriladi).
Nomzod ruxsatnomani olgandan keyin 3 hafta ichida ishni boshlashi lozim.
Hujjat topshirishning so‘nggi muddati 2024-yil 1-noyabr.
Ariza ushbu havola orqali onlayn qoldiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IT Park ayollar qatlamiga tizimli yordam ko‘rsatishi haqida yozgan edik.