Avtomobil texnologiyalari ko‘rgazmasi qanday o‘tmoqda – foto va video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
435 dan ortiq kompaniyalar o‘z innovatsion texnologiyalari va avtomobil sanoatidagi mahsulotlarini namoyish etmoqda
Foto: Kursiv Uzbekistan / Darya Barakina

2024-yilning 23-oktabr kuni Automechanika Tashkent ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi va 25-oktabrgacha davom etadi. Ko‘rgazma haqida Kursiv Uzbekistan ma’lumot to‘pladi.

Uch kunlik tadbir davomida Hindiston, Germaniya, Italiya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Malayziya kabi davlatlardan 435 dan ortiq kompaniyalar o‘z innovatsion texnologiyalari va avtomobil sanoatidagi mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Innovatsiyalar va ekspert seminarlar

Ko‘rgazma davomida avtomobil sanoati olamidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishish, avtomexanika sohasidagi so‘nggi ishlanmalar haqida ma’lumot olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, avtomobil sanoati bo‘yicha ekspertlar tomonidan maxsus seminar va master-klasslar tashkil etilmoqda, bu esa soha mutaxassislari va qiziquvchilar uchun katta imkoniyat yaratadi.

Ko‘rgazmada Shell, Exzap, Lukoil, Saneg, Vikron, JAZ Battery, Orient Global, Auto Gaz Centrum, KOR.E International, Daichi, Garima Global kabi xalqaro miqyosdagi yirik kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Tashkent international auto show: Yangi avtomobillar namoyishi

Ko‘rgazma doirasida Tashkent International Auto Show ham tashkil etiladi. Bu tadbirda dunyo bo‘ylab avto ishlab chiqaruvchi brendlar, jumladan, Chery, GAC, MG Motors, Soueast, Neta, Seres, JAC, Deepal, Changan va Chevrolet kabi kompaniyalar o‘z avtomobillarini namoyish qiladilar.

Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan

Soueast S09 Premium: Innovatsion krossover

Kursiv Uzbekistan ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Xitoyning Soueast brendi tomonidan taqdim etilgan yangi S09 Premium avtomashinasi haqida batafsil ma’lumot to‘pladi.

S09 – yetti o‘rindiqli premium krossover bo‘lib, u 0 dan 100 km/soat tezlikka sakkiz soniyada chiqadi. Kompaniya menejerining so‘zlariga ko‘ra, ushbu brend alohida O‘zbekiston uchun avtomobil ishlab chiqarmoqda.

Foto: Kursiv Uzbekistan

S09 avtomobilining narxi 459,7 mln ming so‘m qilib belgilangan bo‘lib, u D klassidagi SUV kategoriyasiga kiradi. Avtomobilning kuzov o‘lchamlari 4858 mm × 1925 mm × 1780 mm va g‘ildirak bazasi 2850 mm.ni tashkil etadi. Model bir nechta kuch qurilmalari kombinatsiyalariga ega bo‘lib, 1.6T + 7DCT va 2.0T + DCT/8AT variantlari mavjud. Avtomobil oilaviy safarlar va ish maqsadlarida foydalanish uchun qulay hisoblanadi.

Changan: Xitoy giganti O‘zbekiston bozorida

Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Changan ham ko‘rgazmada o‘z brendi ostida mahsulotlarini namoyish etdi. 1957-yildan buyon avtomobillar ishlab chiqaradigan ushbu kompaniya o‘z mahsulotlarining har birini 15 xil to‘rt yarim mingdan ortiq testlardan o‘tkazadi.

«Noyabr oyidan boshlab Toshkent shahrining Sergeli tumanida rasmiy avtosaloni ochiladi. Hozirda CS55 Plus — 299 mln 900 ming, UNI-K — 409 mln 900 ming so‘m, UNI-V — 314 mln 900 ming so‘m, UNI-T — kelasi yil mart oyidan boshlab sotuvga chiqariladi», – dedi Changan menejer Rashidov Bobur.

Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan

Maxsus avtomobillar va jamoat transport vositalari

Ko‘rgazma doirasida yengil avtomobillardan tashqari yuk mashinalari, maxsus avtomobillar va ommaviy transport vositalari (avtobuslar) ham taqdim etildi.

Yuk tashish uchun mo‘ljallangan MAN TGS 40.400 6×4 BB CH avtosamosvali 25 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lib, ko‘rgazmadagi eng yirik avtomobillaridan biri hisoblanib, umumiy og‘irligi esa 40 tonnadan ziyodni tashkil qiladi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Shuningdek, o‘t o‘chiruvchi avtomobillar va jamoat transport vositalari ham mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan

Chevrolet avtomobillari

Ko‘rgazmada UzAuto Motors brendi ostida bir qator Chevrolet modellarining ichki versiyalari taqdim etildi. Jumladan, Chevrolet Cobalt va Chevrolet Tracker kabi mashhur modellari ishtirokchilarning e’tiborini tortdi.

Chevrolet Cobalt O‘zbekistonda eng ko‘p sotiladigan avtomobillardan biri hisoblanadi. Bu modelning O‘zbekiston mikroklimatiga moslashtirilgani va mustahkam texnik xususiyatlarga ega ekani sababli, u oilaviy avtomobil sifatida keng qo‘llaniladi. Cobalt avtomobili yoqilg‘i tejamkorligi va bardoshliligi bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Chevrolet Cobalt’ning yangilangan ko‘rinishini taqdim etgani hamda Cobalt’ning yangi ko‘rinishi avtomobil narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot bergan edi.

Joriy yilda Cobalt avtomobillarining ishlab chiqarilishi rekord darajaga koʻtarilib, to‘qqiz oyda 117,7 ming dona konveyerdan chiqdi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Ko‘rgazma dorasida, tashrif buyuruvchilarga Chevrolet brendiga mansub avtomobilning audio tizimi quvvati namoyish etildi.

Video: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: MG avtomobillari namoyishi / Kursiv Uzbekistan
Foto: Changan brendiga mansub UNI-V avtomobili ichki tizimi / Kursiv Uzbekistan
Foto: Changan brendiga mansub UNI-V avtomobilining salon qismi / Kursiv Uzbekistan
Shuningdek