
Sun’iy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi. Bu haqda Saida Mirziyoyevaning Telegram sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbus qaror sifatida 2024-yil 22-oktabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida doirasida qabul qilingan.

Mazkur mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi loyihalarga beriladi. Gʻoliblar pul mukofoti, sertifikat va medallar bilan taqdirlanadi.
Ma’lumot uchun, ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq badiiy tarjima sohasida Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgani haqida yozgan edik.