Mirziyoyev Qozon shahrida Erdog‘an bilan uchrashdi
eʼlon qilindi
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Narendra Modi bilan uchrashgan edi.