Yangiliklar

«Oʻzbekneftgaz» AI-92 benzinini birja orqali sotishni boshladi

AI-92 benzini narxini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari olib borilmoqda
Foto: Autonews.ru

«Oʻzbekneftgaz» birja orqali AI-92 benzinini sotishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 23-oktabrdan boshlab AI-92 benzinini birja savdolari orqali sotish boshlandi. Bu esa narxlarning raqobatbardoshligini oshirish va yonilgʻi taqsimlash tizimida shaffoflikni oshirish imkonini beradi.

«Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-92 benzini narxini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari olib borilmoqda. Bu yonilgʻi bozori barqarorligini qoʻllab-quvvatlash va mamlakat aholisi uchun yuqori oktanli benzin mahsulotlari mavjudligini oshirishga qaratilgan strategiyaning bir qismi», – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, AI-92 benzining narxi BNQIZda bir tonna uchun 11,54 mln soʻmni, neft bazalarida esa 11,78 mln soʻmni tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya yana benzin eksportini toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.