Shavkat Mirziyoyev BRICS sammiti tadbirlari doirasida Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, vakillarimiz moliyaviy institut bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, ta’lim va texnologik rivojlanish sohasidagi dastur va loyihalar, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, sanoat, infratuzilma va logistikani modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, energetika va kommunal sohalarda loyihalar ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
Buning uchun qo‘shma ekspertlar guruhi tuziladi va aniq loyihalar ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston – Qozog‘iston biznes forumida $352 millionlik shartnomalar imzolangani haqida yozgan edik.