2024-yilning yanvar – sentabr oylarida 225 ming nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlandi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.
Unga koʻra, 179 ming nafar fuqaroga yoshga doir pensiyaga tayinlangan boʻlsa, 32,4 ming nafar fuqarolarga nogironlik pensiyasi tayinlandi. Shuningdek, 13 7 mingta oilaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, 1-sentabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirildi. Bunda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm, yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm etib belgilandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yildan boshlab yoshga doir pensiya avtomatik tayinlanishi haqida xabar bergan edi.