Yangiliklar

O‘zbekistonga Kareliya nasoslari yetkazib beriladi

Kareliya PGMK va MST Minlash o‘rtasida kelishuv imzolandi
Foto: AleksTaurus/Depositphotos

Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni Kareliya respublikasining «Petrozavodskmash kon-metallurgiya kompleksi» (PKMK) va O‘zbekistonning MST Minlash kompaniyasi imzoladi. Hujjat Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro kon-metallurgiya forumida imzolandi, deb xabar berdi Rossiyaning TASS agentligi.

«Tog‘-kon sanoati uchun nasoslarimizni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdik», – dedi respublika rahbari Artur Parfenchikov.

PKMK o‘zlarining nasos qurilmalari import qilingan namunalardan afzalroq ekanligini ta’kidlamoqda.

PKMK gruntli va qumli nasoslar, ular uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. Shuningdek, kompaniya yirik gabaritli maxsus texnikalarni ta’mirlash bilan shug‘ullanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaning «BurServis» neft xizmatlari kompaniyasi O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida yozgan edi.