Prezident BRICS sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga tashrif buyurdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Prezident qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov, Qozon shahri meri Ilsur Metshin va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Bugun O‘zbekiston prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi hamda BRIKS sammitining protokol tadbirlarida qatnashadi. Ertaga «BRICS plyus» formatidagi sammitning asosiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya prezidenti BRICS sammitida ishtirok etmasligi haqida yozgan edik.