Prezident Narendra Modi bilan uchrashdi – video

eʼlon qilindi
Bir qator tarmoqlarga doir dastur va loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston Respublikasi bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston – Hindiston hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Shuningdek, yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida urg‘u berildi.

Shu yili Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli dastur qabul qilishga kelishib olindi.

Ikki davlatda Madaniyat va kino kunlarini, tibbiyot va sport sohalarida hamda yoshlar ishtirokida, shu jumladan, yoshlarning parlament tashkilotlari doirasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish taklif etildi.

Video: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka rahbari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi.

Shuningdek