SAXAL «Hizbulloh» rahbarlaridan biri o‘ldirilganini e’lon qildi
eʼlon qilindi
Hoshim Safiy ad-Dinni o‘ldirildi
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Livanning «Hizbulloh» harbiy guruhi ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safiy ad-Dinning o‘ldirilgani haqidagi xabarni tasdiqladi, deyiladi qurolli kuchlarning Telegram-kanalida.
OAV Safiy ad-Dinni Hasan Nasrullohning vorisi sifatida ta’riflagan edi. Safiy ad-Din Hasan Nasrullohning amakivachchasi bo‘lgan.
Uch hafta oldin Bayrutdagi yer osti shtabiga havo hujumi uyushtirilib, Safiy ad-Din boshqa qo‘mondonlar bilan birga halok bo‘lgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Safiy al-Dinning o‘limini yashirincha tasdiqlagani haqida yozgan edi.