Yangiliklar

Senat davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi qonunni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) zimmasiga yuklandi
Foto: Senat matbuot xizmati

Bugun, 23-oktabr kuni Oliy Majlis tomonidan «Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida»gi qonunning yangi tahriri ma’qullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Yalpi majlisda amaldagi mazkur qonun 1993-yilda qabul qilingani va shu bois mazkur sohadagi qonunchilik bazasini modernizatsiya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Yangi qonunni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) zimmasiga yuklandi. Endilikda davlat sirlarining yagona siyosati uchun mamlakat prezidenti javobgar boʻladi.

Yangilangan hujjatda Davlat xavfsizlik xizmati va davlat sirlari bilan ishlovchi tashkilotlarning vakolatlari ham belgilab berildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uznetʼdagi domenlar DNSSEC.UZ protokoli yordamida kiberhujumlardan himoyalanishi haqida yozgan edi.