Soliq organi xodimlari 10,3 trillion so‘mlik tafovutlar aniqladi
eʼlon qilindi
2024-yilning yanvar – sentabr oylari davomida
2024-yilning 9 oyi davomida soliq toʻlovchilar faoliyatini nazorat qilish jarayonida 10,3 trln soʻmlik tafovutlar aniqlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu umumiy 551 ming nafar faoliyat ko‘rsatayotgan soliq to‘lovchilar sonining 3,3 foizini tashkil qiladi.
4,9 trln so‘mlik eng katta tafovut QQS bo‘yicha aniqlangan. Daromad solig‘i bo‘yicha tafovut esa 4,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Tafovutlarning 55,2 fozi qismi umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida kuzatilgan. Shuningdek, soliqdagi tafovutlarning 17,5 foizi qurilishda, 16,3 foizi esa ishlab chiqarish sohalarida uchragani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilda o‘zini o‘zi band qilganlar soni deyarli 87 foizga oshgani haqida yozgan edik.