Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Alisher G‘aniyev g‘alaba qozondi
Foto: O‘zR MOQ

O‘zbekistonlik polvon Alisher G‘aniyev sport kurashlari bo‘yicha U-23 jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).

G‘aniyev final jangida neytral maqomdagi sportchi Dinislam Bammatovni mag‘lub etdi. Musobaqa -60 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik sportchi 8:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Albaniyada U23 sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonlik voleybolchilar Shri-Lankada o‘tkazilgan chempionatda oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek