Yangiliklar

2024-yilda o‘zini o‘zi band qilganlar soni deyarli 87 foizga oshdi

4 mln nafardan ziyod
Foto: Thecargroup.co.uk

2023-yil oktabr oyida 2,2 mln nafar fuqaro o‘zini ish bilan ta’minlagan bo‘lsa, bu yilgi ko‘rsatkichlar 4,1 mln nafarni tashkil qilmoqda (+86,8%). Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ularning 57 foiz qismi erkaklar, 43 foizi esa ayollardan iborat.

Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan tadbirkorlar soni eng tez sur’atlarda 133,6 foizga o‘sgan (1,7 mln nafar). Shuningdek, bir mln.dan ortiq kishi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida turli xizmatlar ko‘rsatmoqda.

Foto: Soliq qo‘mitasi

Hududlar kesimida eng ko‘p o‘zini o‘zi band qilganlar Samarqand (470,1 ming), Qashqadaryo (413,6 ming) va Toshkent viloyatlariga (378,3 ming) to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, 611,6 ming nafar kishi taksi xizmatida faoliyat ko‘rsatish uchun ro‘yxatdan o‘tish orqali o‘zini o‘zi band qilgan. Ularning 344,7 ming nafari 2024-yilga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yandex taksida qancha pul topish mumkinligi haqida yozgan edik.