Yangiliklar

1-noyabrdan boshlab O‘zbekistonga import qilinadigan avtomobillar yangi poligonda tekshiriladi

Bu chora mamlakatga keltirilayotgan transport vositalarining sifatini oshirish va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan
Foto: michaeljung / www.depositphotos.com

1-noyabrdan boshlab, O‘zbekiston hududiga rasmiy dilerlar tomonidan olib kirilayotgan avtomobillar Toshkent viloyatidagi Piskent poligonida to‘liq sinovdan o‘tkaziladi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligining xabariga ko‘ra, bu chora mamlakatga keltirilayotgan transport vositalarining sifatini oshirish va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Ushbu sinovlar xalqaro ISO va Yevropa direktivalari talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Mazkur talab faqat rasmiy dilerlar tomonidan olib kelinadigan mashinalarga taalluqli bo‘lib, shaxsiy foydalanish uchun chet eldan keltirilayotgan avtomobillar bundan mustasno bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda eng keng tarqalgan avtomobil, shuningdek, respublikada ikkilamchi bozorning rivojlanishi haqida yozgan edi.