Chirchiq texnoparkida $200 millionga sanoat zonasi quriladi

eʼlon qilindi
1000 ta bo‘sh ish o‘rni yaratiladi
Foto: Fotoevent/Depositphotos.com

Xitoy kompaniyalari Chirchiq texnoparki hududida sanoat zonasi barpo etish uchun $200 mln sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Ikki viloyat – bir istirohat bog‘i» sanoat zonasi qurilishini 2025-yilning birinchi choragida boshlash rejalashtirilgan. Hududda 20 ga yaqin korxonalar tashkil etiladi. Ularda 2026-yildan boshlab maxsus texnika, elektronika va qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Sanoat zonasida kamida ming kishi ishlaydi.

Loyiha investorlari BSM Group va China Construction Fifth Engineering Division bo‘lib, tomonlar allaqachon loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga kirishganlar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston qaysi davlatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek