Migratsiya agentligi tashkil etildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi
Foto: Zestmarina/Depositphotos.com

Prezident farmonga binoan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, agentlik negizida xorijda ishlovchi fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qiluvchi Migratsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq nazorat tadbirlarini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, agentlik zimmasiga u tomonidan o‘tkazilgan har qanday tekshirish natijasi bo‘yicha tuzilgan bayonnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari soni va xususiyati haqidagi maʼlumotlarni majburiy tartibda 5 kunda «Xorijda ish» elektron dasturiga joylashtirib borish majburiyati yuklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston mehnat bozorida har bir boʻsh ish oʻrni uchun necha kishi raqobat qilayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek