Yangiliklar

NKMK tog‘-kon sanoatida ayollarning mavqeini mustahkamlamoqda

Gender tengligi tarafdori sifatida
Foto: NKMK

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish g‘oyasiga sodiq, – deydi tashkiliy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Qosimova.

Bu haqda Qosimova O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumida tog‘-kon sanoati xodimlariga bag‘ishlangan sessiyada ma’lum qildi.

NKMK xotin-qizlar jamiyati rahbari Sabohat Nazarovaning qo‘shimcha qilishicha, korxonada gender tengligi tamoyillari joriy etilmoqda, ayollar huquqlari ta’minlanmoqda.

Foto: NKMK

«Biz ayol xodimlarning o‘qitish va malaka oshirishdan teng foydalanish kabi ehtiyojlarini qondirishga intilamiz», – dedi u.

Avgust oyida NKMK konchilik sanoatida gender tengligi tarafdori bo‘lgan IWiM xalqaro notijorat tashkiloti bilan hamkorlikka kirishdi.

Kompaniya IWiM bilan hamkorlik Qozogʻiston va Qirgʻiziston kompaniyalari bilan aloqa oʻrnatish imkonini berganini ta’kidladi. Mintaqaviy hamkorlik Markaziy Osiyoning tog‘-kon sanoatida gender tengligiga erishishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IT Park ayollar qatlamiga tizimli yordam ko‘rsatishi haqida yozgan edik.