Oʻzbekiston iqtisodiyoti Markaziy Osiyoda eng yaxshi oʻsishni koʻrsatadi – XVJ
2025-yildan Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy oʻsish boʻyicha birinchi oʻringa chiqadi. Mamlakatning real yalpi ichki mahsuloti (YaIM) yiliga 5,7 foizga oshadi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) tahlilchilari ma’lum qildi.
Dunyo iqtisodiyoti boʻyicha hisobot tuzuvchilari 2024-yil oxirigacha respublikaning real yalpi ichki mahsuloti 5,6 foizga oʻsishini kutmoqda. Qirgʻiziston va Tojikiston yilni kuchliroq koʻrsatkichlar bilan yakunlaydi. Biroq ularning iqtisodiy oʻsishi keyinchalik sekinlashadi, Oʻzbekistonda esa bu koʻrsatkich biroz tezlashadi va 2029-yilgacha barqaror darajada qoladi.
XVJ 2024-yilda Oʻzbekistonda inflyatsiya 10,4 foizni tashkil qilishini taxmin qilmoqda. 2025-yil oxiriga kelib esa 7,9 foizga tushadi. Jamgʻarma ekspertlari Turkmanistonda Markaziy Osiyodagi eng yuqori inflyatsiyani bashorat qilmoqda.
Oʻzbekistonda oʻrtacha ishsizlik darajasi 2025-yil oxirigacha 5,8 foizgacha pasayadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yil boshidan buyon xorijiy investorlar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga $24 milliard sarmoya kiritgani haqida yozgan edi.