«Oʻzbekneftgaz» AJ qoʻshimcha yevrobondlar chiqarish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
«Oʻzbekneftgaz» delegatsiyasi Buyuk Britaniyadagi Deutsche Bank, Barclays va boshqa xorijiy banklar vakillari bilan ushbu masalani muhokama qildi. Yigʻilishda moliya institutlari Oʻzbekiston kompaniyasini 2024–2025-yillarda moliyalashtirishga qiziqish bildirdi.
Eksport-kredit agentligiga asoslangan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisidagi masalalar ham koʻrib chiqildi.
Eslatib oʻtamiz, «Oʻzbekneftgaz» $700 millionlik birinchi obligatsiyalarni 2021-yilning kuzida chiqargan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yil oktabr oyi oʻrtalarida NKMK $1 milliardlik obligatsiyalarni joylashtirgani haqida yozgan edi.