O‘zbekiston BRIKSning Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlikka tayyor – Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston investitsiya va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun BRICSning Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Qozondagi BRICS sammitidagi nutqida ma’lum qildi.
Mirziyoyev O‘zbekiston BRIKS davlatlari bilan qashshoqlik va global iqtisodiy tengsizlikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligini ta’kidladi.
Ushbu ittifoq raqamli iqtisodiyot rivoji va savdo to‘siqlarini kamaytirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar uchun maydon bo‘lishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston infratuzilma loyihalari uchun xalqaro moliyalashtirishni jalb qilishga qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari, BRIKS davlatlari bilan hamkorlik yangi transport yo‘laklari va logistika zanjirlarini yaratish imkoniyatlarini ochadi, deya ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan BRIKSga a’zo davlatlar rahbarlari XVI sammitining yakuniy deklaratsiyasini qabul qilgani haqida xabar bergan edi.