Yangiliklar

O‘zbekiston futbol terma jamoasi jahon reytingida yuqoriladi

Osiyoda 7-o‘rin
Foto: O‘FA

FIFA tomonidan tuzilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar jahon reytingida O‘zbekiston 2 pog‘ona ko‘tarilib, 58-o‘rinni egalladi. Reyting FIFA tomonidan e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, reytingga Argentina, Fransiya va Ispaniya milliy terma jamoalari yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, terma jamoamiz Osiyo reytingida 7-o‘rinni band etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «JCH – 2026» saralashidagi 3-bosqich 4-turida O‘zbekiston futbol terma jamoasi o‘z uyida Birlashgan Arab Amirligini 1:0 hisobda mag‘lubiyatga uchratgan edi.