O‘zbekistonda dollarning narxi pasaydi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Qariyb 12 so‘mga
24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 11,79 so‘mga pasaydi va 12 816,11 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatning moliya institutlari ushbu valyutani 12 760 – 12 790 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 830 – 12 890 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23-oktabr kuni dollarning rasmiy qiymati 10,05 so‘mga ko‘tarilgan edi.