24-oktabr kuni Oʻzbekistonning baʼzi hududlarini tuman qoplaydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Havo harorati +18 daraja bo‘ladi
                    
                            
Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida payshanba, 24-oktabr kuni yogʻingarchilik kuzatilmaydi, baʼzi joylarga esa tuman tushish ehtimoli mavjud. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi.
Asosan moʻtadil shamol (7-12 m/s) esishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol kuchayib 13-18 m/s gacha yetishi mumkin.
Mamlakat boʻylab oʻrtacha harorat +13…+18 daraja atrofida boʻladi. Togʻli hududlarda +6…+11 daraja boʻladi, Toshkentda esa +15…+17 daraja boʻlishi kutilmoqda.
Poytaxtda yogʻingarchilik kutilmaydi, togʻlarda esa yomgʻir va tuman tushish ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda yogʻingarchilik va sovuq havo harorati kuzatilishi haqida xabar bergan edi.
