Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida payshanba, 24-oktabr kuni yogʻingarchilik kuzatilmaydi, baʼzi joylarga esa tuman tushish ehtimoli mavjud. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi.
Asosan moʻtadil shamol (7-12 m/s) esishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol kuchayib 13-18 m/s gacha yetishi mumkin.
Mamlakat boʻylab oʻrtacha harorat +13…+18 daraja atrofida boʻladi. Togʻli hududlarda +6…+11 daraja boʻladi, Toshkentda esa +15…+17 daraja boʻlishi kutilmoqda.
Poytaxtda yogʻingarchilik kutilmaydi, togʻlarda esa yomgʻir va tuman tushish ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda yogʻingarchilik va sovuq havo harorati kuzatilishi haqida xabar bergan edi.