Xitoyning Baidu kompaniyasi bosh direktori Robin Li, sun’iy intellekt (SI) bozori ertami-kechmi qisqarib ketadi deb hisoblaydi.
«Ehtimol, kompaniyalarning bir foizi (SI sohasida — tahr.) omon qoladi, katta kompaniyalarga aylanadi va odamlar hamda jamiyat uchun ko‘plab ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Menimcha, biz aynan hozir bu jarayondan o‘tmoqdamiz», — dedi Li Harvard Business Review konferensiyasida.
Shuningdek, Li texnologiyalar, mehnat bozorida 10–30 yildan keyin odamlar bilan raqobat qila olishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Baidu turli xil xizmatlarni, shu jumladan, qidiruv tizimini taqdim etuvchi Xitoy kompaniya.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 10 mingdan ortiq musiqachi va aktyorlar SI ishlab chiquvchilariga murojaat qilgani haqida xabar bergan edi.