Qozon shahrida Tatariston raisi Rustam Minnixanov Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasi davlat mukofoti «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezidentga ushbu orden O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni yuksaltirish, ikki xalq do‘stligi va hamkorligiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlangan edi.