Poytaxt yana havosi eng ifloslangan shaharlar top o‘ntaligiga kirdi. Bu haqdagi ma’lumot IQAir platformasida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, ayni paytdagi Toshkent havosi nafas yo‘li tizimi xastalanganlar uchun o‘ta xavfli bo‘lib, niqob bilan yurishlari tavsiya etiladi.
Toshkentdagi PM2.5 konsentratsiyasi hozirgi kunda JSST havo sifati boʻyicha yillik yoʻriqnoma qiymatidan 7,6 baravar yuqorilagan.
Ma’lumot uchun, prokuratura organlari Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish darajasi «salbiy» reytinglarda yetakchi oʻrinlarga chiqayotganligi tufayli respublika boʻyicha rejaviy tekshirish tadbirlarini tashkil etib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda qor yog‘ish hodisasi kuzatilgan edi.