Yangiliklar

Turistik maqsadda chet elga borgan o‘zbekistonlik soni 35 foizga oshdi

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 million nafarga oshgan
Foto: choreograph / depositphotos

2024-yil yanvar–sentabr oylarida 4,5 million oʻzbekistonlik turist sifatida chet elga chiqdi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 million nafarga yoki 35,8 foizga oshgan.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar orasida Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilik qildi. Shundan Qirgʻizistonga — 2,1 mln, Tojikistonga — 895,1 ming, Qozogʻistonga — 719,9 ming nafar safar qilgan.

Shuningdek, turist sifatida Rossiyaga (222,9 ming), Turkiyaga (180,9 ming), Saudiya Arabistoniga (121,9 ming), BAA (90,3 ming), Misrga (32,1 ming), Quvaytga (20 ming), Janubiy Koreyaga (17,5 ming) tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning yanvar–iyul oylarida jami 4,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.