Videoni animatsiyaga aylantiruvchi sun’iy intellekt paydo bo‘ldi

eʼlon qilindi
Act-One vositasini tez orada barcha foydalanuvchilar uchun ochiladi
Foto: Runway nashri video / Skreenshot

Startap Runway o‘zining Act-One sun’iy intellekt vositasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Ushbu vosita video va ovoz yozuvlari yordamida animatsiya yaratadi. Shuningdek, haqiqiy insonlarning mimikasi va ovozidan foydalanib, animatsion qahramonlar yaratishi mumkin. Vosita orqali turli uslublarda videolarni yaratish imkoniyati ham mavjud.

Video: Runway nashri

Biroq ushbu vosita taniqli shaxslar ishtirokidagi videolarni animatsiyaga aylantira olmaydi. Kompaniya Act-One vositasini tez orada barcha foydalanuvchilar uchun ochiq qilishni va’da qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Kursiv Uzbekistan YUNESKOning O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadqiqotlar uchun Beruniy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek