Toshkent hokimligi suv toshqinlariga qarshi kurashish uchun yana 6 milliard so‘m ajratdi
Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlarini oldini olish uchun qo‘shimcha 6 milliard so‘m ajratildi. Bu borada poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov tegishli qarorni imzoladi.
2024-yilda poytaxt hokimiyati suv toshqinlariga qarshi kurashish uchun 20,4 milliard so‘m ajratgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimligiga yil oxirigacha drenaj tizimi va sun’iy suv havzalarini qurish dasturini o‘z ichiga olgan bosh rejani ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, tuman hokimlari shaxsan joylarga chiqib, drenaj, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalarini hal qilishlari kerak.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident binolarni yashil hududlar bilan birga qurishga topshiriq bergani haqida xabar bergan edi.