Yo‘llarda xavfsizlik kuchaymoqda: qoidalarni buzgan piyodalar jarimaga torilmoqda

eʼlon qilindi
125 ming so‘m jarima qo‘llaniladi
Foto: Kursiv Uzbekistan / Vadim Yerzikov

Hozirgi kunda IIV JXD YHXXB xodimlari tomonidan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tishda qonunchilikka zid harakatlarni amalga oshirgan piyodalarga jarima qo‘llanilmoqda. Bu borada Kursiv Uzbekistan IIV matbuot xizmat Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.

Qayd etilishicha, bu kabi maxsus profilaktik tadbirlar yo‘llarda yuzaga kelayotgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida doimiy o‘tkazilib kelinadi.  

«Piyodalar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida bu kabi maxsus profilaktik tadbirlar doimiy o‘tkazilib turiladi», — dedi IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov.

Piyodalar yo‘lkasidan o‘tishda belgilangan tartibga amal qilmaslik oqibatida yo‘l transport hodisalari ko‘paymoqda. Shu sababdan kuchaytirilgan reyd tadbirlari doimiy o‘tkazilib, qoidabuzar piyodalarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) uchdan bir qismi miqdorida jarima belgilanmoqda (125 ming so‘m ).

Masalan, bugun, 24-oktabr kuni shunday reydlardan biri Toshkent shahridagi Qatartol ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li chorrahasida bo‘lib o‘tdi. YHXX xodimlari telefonda gaplashayotgan yoki naushnik taqqan holda yoʻlni kesib oʻtayotgan fuqarolarni toʻxtatdi.

«Hozirgi kunda piyodalar bilan bog‘liq ko‘plab yo‘l transport hodisalari yuz berayotgani sabab muxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda», — dedi YHXX xodimlaridan biri Kursiv Uzbekistan muxbiriga.

MJTK ning 138-moddasiga asosan piyodalar o‘tish yo‘lkasidan o‘tishda piyodalar quloqchinlardan, telefonlardan, foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan avtobuslar uchun ajratilgan yoʻldan boshqa transport vositalari harakatlanishi taqiqlangani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek