25-oktabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi
eʼlon qilindi
Tog‘ tepaliklarida yomg‘ir qorga aylanadi
25-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysidan tashqari har bir hududda kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, kechga kelib yomg‘ir yog‘adi. Ertalab va kechga tuman tushadi. Kunduzi havo 21-23 daraja iliq, kechasi esa 5-7 daraja salqin bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda jala quyishi ehtimoli bor. Tepaliklarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Kunduzi havo 11-16 daraja iliq, kechasi esa 0-5 daraja salqin bo‘ladi.