E-commerce kompaniyalari tomonidan talabning ortishi O‘zbekistonda ombor maydonlari qurilishining o‘sishiga asosiy sabab bo‘ldi, deya ta’kidladi Comitas kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori Sergey Fedorov Bishkekdagi «Kelajak logistikasi» konferensiyasida.
Yil boshidan buyon mahalliy Uzum marketpleysi 25 ming kvadrat metr ombor maydonini foydalanishga topshirdi va keyingi uch yil ichida logistika kompleksining maydonini 100 ming kvadrat metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning ombor ko‘chmas mulk bozoriga yirik xorijiy kompaniyalar – Ozon va Wildberries kirib kelmoqda.
Qayd etilishicha, marketpleyslar logistika markazlarini o‘z ehtiyojlari uchun qurmoqda va ular spekulyativ maydonlar taklifiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
«Ular (marketpleyslar – tahr.) uchun omborlar zarur, ammo spekulyativ qurishni hech kim xohlamaydi. Hech kim yostiq ostidan pul chiqarishni xohlamaydi. Hammasi o‘z ehtiyojlari uchun qurmoqda», – dedi Sergey Fedorov.
E-commerce’ning uskunalar va saqlashni tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojlari ijaraga beriladigan klassik omborlardan farq qiladi. Marketpleyslarda big box (yirik qutilar va yirik konteynerlarda yuklarni tashish) faol qo‘llanadi va omborlarni boshqarish uchun o‘zlarining korporativ tizimlarini (WMS) ishlab chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ozon Oʻzbekistonda logistika infratuzilmasi ishga tushirilganini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.