Firibgarlarning messenjerlar orqali fuqarolarga Markaziy bankning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborish orqali mobil qurilmalariga zararli ilovalarni oʻrnatishga urinish holatlari aniqlangan. Bu haqda Markaziy bank ogohlantirish bilan chiqdi.
Unga ko‘ra, mazkur soxta hujjatlarda goʻyoki fuqaroning mablagʻlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida «moliyaviy xavfsizlik boʻyicha mutaxassis» tomonidan ayrim amallar bajarilishi toʻgʻrisidagi yolgʻon axborotni o‘z ichiga olgan.
«Mutaxassis» nomi ostidagi firibgar fuqaroning mobil qurilmasiga «Bezopasnost» nomli zararli ilovani oʻrnatish orqali qurilmadagi rasm va hujjatlar, xabarlar va qoʻngʻiroqlar haqidagi ma’lumotlarni yashirin tarzda qoʻlga kiritadi.
Markaziy bank fuqarolardan bunday duch kelsalar, firibgarlarning aldovlariga aslo ishonmaslik, ilovalarni esa messenjerlar orqali emas, balki rasmiy Google Play va App Store platformalaridan oʻrnating.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish o‘sib borishi haqida yozgan edik.