
2024-yil iyul – sentabr oylarida Mercedes-Benz avtomobil konsernining sof foydasi 1,7 milliardni tashkil etib, yillik daromad 54 foizga kamaydi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, nemis kompaniyasining yillik daromadi 7 foizga kamayib, 34,5 milliard yevroni tashkil etdi. Shuningdek, avtomobil savdosi esa 1 foizga kamayib, 504,6 ming donaga yetdi.
Bundan tashqari, kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga Xitoydagi iqtisodiy vaziyat ta’sir qilmoqda. Ushbu mamlakatda Mercedes-Benz savdosi, o‘rta va premium segment avtomobil bozoridagi zaiflik tufayli 13 foizga pasaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Sirdaryoda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish boshlangani haqida xabar bergan edi.