Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vyetnam Bosh vaziri Fam Min Tin mamlakatlar oʻrtasida vizasiz tartibni joriy qilish orqali turistik oqimni oshirish masalasini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vyetnam o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy aloqalarni, ayniqsa, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, mamlakatlar oʻrtasida bunday harakat tartibini joriy etish nafaqat sayyohlar sonining koʻpayishiga yordam beradi, balki biznes hamkorligini mustahkamlaydi.
Bundan tashqari, kelgusida Vyetnamning Xanoy shahrida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha komissiya yigʻilishi, sanoat koʻrgazmasi va biznes-forum oʻtkazish rejalashtirildi.
Bosh vazir Fam Min Tin O‘zbekiston prezidentini rasmiy tashrif bilan Vyetnamga taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston logistika sohasida Ummon tajribasi qo‘llanilishi haqida xabar bergan edi.