O‘zbekiston aholisi 37 milliondan oshdi

eʼlon qilindi
Bunda erkaklar soni 18,8 mln kishi, ayollar esa 18,54 mln nafarni tashkil qiladi
Foto: nmessana/Depositphotos

O‘zbekistonda aholi soni joriy yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, 37,355 mln kishini tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida xabar berildi.

Bunda erkaklar soni 18,8 mln kishi, ayollar esa 18,54 mln nafarni tashkil qildi. Shaharlarda yashayotganlar 19,04 mln kishi bo‘lsa, qishloqlarda 18,30 mln odam istiqomat qilmoqda.

2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 83,2 kishini tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,7 kishiga ko‘pdir.

Eng yuqori zichlik – Toshkentda har kvadrat kilometrga 6909,6 kishini tashkil qiladi. Eng past zichlik – Navoiy viloyatida 9,8 kishi va Qoraqalpog‘istonda har kvadrat kilometrga 12,1 kishi to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda aholi zichligi 2 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek