O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi $5 mlrdni tashkil qildi

eʼlon qilindi
Eng katta ulush Qozog‘iston hissasiga tog‘ri keladi
Foto: Piqsels.

2024-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdosi hajmi $5 milliardni tashkil qildi. Bu haqda «Iqtisodiy sharh» jurnali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu mamlakatning umumiy tashqi savdosining 10,3 foizini tashkil etadi. Bunda eksport hajmi $1,9 milliard, import esa $3,1 milliard bo‘lgan.

Tovar aylanmasining eng katta ulushi Qozog‘istonga (61 foiz) to‘g‘ri keldi, keyingi o‘rinlarda Turkmaniston (17 foiz), Qirg‘iziston (12 foiz) va Tojikiston (10 foiz) turadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Qozog‘iston iqtisodiyotiga rekord darajadagi $22,2 mln sarmoya kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek