Yangiliklar

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 16,4 foizga oshdi

Eng katta o‘sish poytaxtda kuzatilgan
Foto: golib.tolibov.gmail.com/Depositphotos

2024-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 mln so‘mga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,4 foizga ko‘pdir. Bu haqda O‘zbekiston Statistika agentligi xabar berdi.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan – 8,683 mln so‘m, shuningdek, Navoiy – 6 610,9 mln so‘m, Toshkent – 4,954 mln so‘m, Andijon – 4,462 mln so‘m va Buxoro – 4,199 mln so‘m viloyatlarida tashkil qildi.

O‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori o‘sishi Toshkent shahri (120,1 foiz), Samarqand (117,8 foiz), Andijon (116,2 foiz), Namangan (115,3 foiz) va Sirdaryo (115,1 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbek tili o‘qituvchilarining oylik maoshi 50 foizga oshirilishi haqida yozgan edi.