Sirdaryo viloyatida manipulyatsiya harakatlari sabab «White gold klaster» MCHJ klaster korxonasiga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, klaster korxonasi tomonidan 2023-yilda 90 mlrd so‘mdan ortiq 5 153,35 tonna paxta tolasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotilgan.
Bundan tashqari, korxona tomonidan uch mlrd so‘mdan ziyod 1 114,24 tonna texnik chigit mahsulotlari ham birja savdolariga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotganlik holatlari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan klaster korxonasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Shaffof sement sanoat» MCHJ QK 669 million so‘mlik manipulyatsiyalarda ayblanib chora ko‘rilgani haqida xabar bergan edi.