Surxondaryoda noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan ayol qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Har bir o‘quvchi uchun 500 ming so‘mdan pul mablag‘i to‘langan
Foto: belchonock / depositphotos.com

Surxondaryoda hujra sharoitida bir guruh yoshlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Millar» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 1979-yilda tug‘ilgan ayol Surxondaryo viloyatida maktab o‘quvchilariga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan va har bir o‘quvchi uchun 500 ming so‘mdan pul mablag‘i olib kelingan. Ushbu holat hududiy ichki ichlar organlari xodimlari tomonidan aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tumani sudi tomonidan ayolga nisbatan MJtKning 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) qo‘llanilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, hujrada ta’lim olgan maktab o‘quvchilarining ota-onasiga nisbatan MJtKning 47-moddasiga asosan (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan jarima jazosi qo‘llanildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamalgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek