Toshkentda boʻlib o‘tgan «Uzcard Forum – 2024» doirasida Uzcard va Hamkorbank hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda toʻlov tizimi matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, imzolangan hujjat Uzcard sodiqlik platformasi doirasida bank kartalarini chiqarish orqali naqd pulsiz to‘lovlardan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Toʻlov tizimi va bank oʻrtasidagi hamkorlik elektron toʻlovlarning jozibadorligini oshirishi va moliya bozori ishtirokchilari oʻrtasidagi texnologik oʻzaro aloqalarni kuchaytirishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, hujjat naqd pulsiz to‘lov tizimlari xavfsizligi sohasida innovatsiyalarni rivojlantirishga ham qaratilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzcard va IT Park University oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangani haqida yozgan edi.