ARD telekanali Usmonovga nisbatan surishtiruv noto‘g‘ri o‘tkazilganini tan oldi
Germaniyaning ARD telekanali apellyatsiya shikoyati bermadi va Alisher Usmonovga oid surishtiruvni ishonchsiz deb tan oldi. Bu haqda «RBK» agentligi tadbirkorning matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Joriy yilning avgust oyida ARD telekanalida e’lon qilingan reportajda jurnalist Xayo Zeppelt Alisher Usmonovni qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqalarda korrupsiyaga aloqadorlikda ayblagan.
Oktabr oyida Gamburg sudi Usmonov foydasiga qaror chiqarib, yolg‘on ma’lumotlar tarqatishni taqiqladi. Shundan so‘ng ARD telekanali reportajni o‘chirib tashladi. Shuningdek, biznesmen jurnalistga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida Kyoln prokuraturasiga ariza berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Usmonov nemis jurnalistini jinoiy javobgarlikka tortgani haqida yozgan edi.