Isroilning Eronga hujumi ortidan bir nechta aviakompaniyalar yo‘nalishini o‘zgartirdi

eʼlon qilindi
Isroil mudofaa armiyasi 26-oktabrga o‘tar kechasi Eronga raketa hujumini amalga oshirgan
Foto: jag_cz / depositphotos

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani va havo hududining bir qismi yopilganligi sababli bugun ertalab bir nechta aviakompaniya samolyotlari o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Jumladan, «Jazeera Airways» aviakompaniyasining Toshkent – ​​Quvayt yo‘nalishi bo‘yicha, «Centrum Air» aviakompaniyasining Jidda – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlardagi samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘ngan.

«Shuningdek, marshruti Eron havo hududi orqali amalga oshiriladigan bir qator reyslar O‘zbekiston shaharlaridan kechikish bilan uchib ketdi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Isroil mudofaa armiyasi 26-oktabrga o‘tar kechasi Erondagi raketa ishlab chiqaruvchi korxonalar va uning yer-havo raketalari joylashgan joylariga havo hujumlarini amalga oshirgan.

«Isroil davlatiga nisbatan Eron rejimi tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p oylik uzluksiz hujumlarga javoban Isroil Mudofaa armiyasi hozirgi vaqtda Eron hududidagi harbiy obyektlarga zarbalar bermoqda», – deyiladi Saxal bayonotida.

Eron davlat matbuoti hujum paytida Tehrondagi har ikki aeroport ham «normal rejimda» faoliyat olib borganini ma’lum qildi. Biroq sal o‘tib rasmiylar havo hududini butunlay yopgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron 10 mln tinch aholisi bo‘lgan Hayfa va Tel-Aviv ustidan 400 ta ommaviy raketa uchirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek