Kanadada o‘tkazilayotgan figurali uchish boʻyicha Gran-pri turniriga start berildi – video
eʼlon qilindi
Terma jamoa a’zolari sakkiz juftlik orasida to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda
Kanadaning Galifaks shahrida figurali uchish bo‘yicha Gran-pri turniri boshlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, turnirda O‘zbekiston nomidan terma jamoa a’zolari Yekaterina Geynish hamda Dmitriy Chigirev ishtirok etmoqda.
Terma jamoa a’zolarining qisqa dasturdagi ishtiroki hakamlar tomonidan 63.53 ball bilan baholandi. Ushbu ko‘rsatkich bilan terma jamoa a’zolari sakkiz juftlik orasida to‘rtinchi o‘rinda turibdi.
Qayd etilishicha, bugun erkin dastur bo‘lib o‘tadi va shundan so‘ng, mazkur yo‘nalishdagi g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston xalqaro konkur chempionatida uchta medal qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.