Lipetskdagi jazoni ijro etish koloniyasidan o‘zbekistonlik mahkumlar qochib ketdi

eʼlon qilindi
Jinoyatchilarni topish uchun qidiruv e’lon qilindi
Foto: Deleece Cook / Unsplash

Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan oltita mahkum qochdi, ulardan besh nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan. Bu haqda viloyat gubernatori Igor Artamonov ma’lum qildi.

Lipetsk shahrida besh jinoyatchini topish uchun qidiruv e’lon qilindi va ularni izlash ishlariga Rossiya Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Federal xavfsizlik xizmati (FSB) va Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) xodimlari jalb qilingan.

FSIN ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar tunnel orqali qochgan.

«Bunday xabar odamlarni xavotirga solishi mumkinligini tushunaman, ammo vahimaga berilmaslikni so‘rayman. Shuningdek, qochish bilan bog‘liq ko‘plab asossiz va soxta yangiliklar paydo bo‘lishini kutyapmiz», – dedi Artamonov.

Shuningdek