Soliq organlarining ayrim elektron xizmatlari ishlamaydi
eʼlon qilindi
26-27-oktabr kunlari
Joriy yilning 26-27-oktabr kunlari profilaktika ishlari o‘tkazilishi sabab soliq organlarining ayrim elektron xizmatlari vaqtincha ishlamaydi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish, shuningdek, qo‘mita veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish maqsadida profilaktika ishlari o’tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning 9 oyi davomida soliq toʻlovchilar faoliyatini nazorat qilish jarayonida 10,3 trln soʻmlik tafovutlar aniqlangani haqida xabar bergan edi.