Soat 11:00 holatiga koʻra, saylovchilarning 29,5 foizi ovoz berib boʻldi – MSK
Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da Oʻzbekistonda parlament saylovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni 29,5 foizni, ya’ni 5,9 mln nafarni tashkil etdi.
Saylovda eng faol ishtiok etganlar Fargʻona viloyatida boʻlib, ovoz berganlar soni – 34,9 foizni tashkil qildi. Shuningdek, Xorazm viloyatida – 33,2 foiz, Andijon viloyatida – 33 foiz saylovchilar ishtirok etdi. Toshkent shahrida bu koʻrsatkich 21,2 foiz boʻldi.
Respublikaning 1000 dan ortiq saylov uchastkalarida soat 8:00 dan boshlab jarayonlar boshlandi. Shuningdek, xorij davlatlarida 57 ta saylov uchastkasi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, elektron saylovchilar roʻyxatida 19,9 million saylovchi roʻyxatga olingan. Shuningdek, 165,6 ming kishi xorijda roʻyxatga olingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev saylovda ishtirok etgani haqida xabar bergan edi.